Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Psixologik xavfsizlik va kasbiy yetuklik sari"

26-iyun 2025-yil
image

"Psixologik xavfsizlik va kasbiy yetuklik sari" mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

 

Bugun Urganch tumanidagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab psixologlari uchun "Psixologik xavfsizlik va kasbiy yetuklik sari" mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarda suidsidal xatti-harakatlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va zarur psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ogohlantiruvchi belgilarni tanib olish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.

Tadbir boshida maktab direktori M.Urazmetova tomonidan “Kasbiy etika va shaxsiy chegaralar: maktab psixologi uchun muhim mezonlar” mavzusida ma’ruza o‘qildi.

Shuningdek, maktab amaliyotchi psixologi O.Ashirova “Maktabda xavfli signallarni erta aniqlash: o‘quvchilar suidsidal xatti-harakatlari va psixologik ogohlantiruvchi belgilar” mavzusida so‘zga chiqdi. Ma’ruzaga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.

Tadbir davomida maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida to‘garaklar ishi ham kuzatildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb