Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazmda kasb-hunar o‘rgatuvchi maktablarda yakuniy imtihonlar boshlandi

17-iyun 2025-yil
image

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan Xorazm viloyatidagi 13 ta umumta’lim muassasasida joriy etilgan “Kasb-hunarga o‘qitish” tizimi ilk natijalarini bermoqda.

 

 Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan Xorazm viloyatidagi 13 ta umumta’lim muassasasida joriy etilgan “Kasb-hunarga o‘qitish” tizimi ilk natijalarini bermoqda.

799 nafar 10-11-sinf o‘quvchilari 2 yil davomida zamonaviy o‘quv dasturlar asosida 2 ta kasb – biri ishchi, ikkinchisi axborot texnologiyalariga oid yo‘nalish bo‘yicha tahsil olib, hozirda yakuniy imtihon topshirmoqda.

Bugungi kunda o‘quvchilar nafaqat kasb o‘rganmoqda, balki daromad topishga ham erishmoqda!

2025-2026 o‘quv yilidan boshlab, bu tizim yana 10 ta maktabda yo‘lga qo‘yilishi, kasb-hunarga yo‘naltirilgan maktablar soni esa 23 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

 Jarayonlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mas’ul xodimi S. Musayev bevosita joyiga borib, yaqindan kuzatdi.

 Maqsad: yoshlarga sifatli ta’lim bilan birga, mustahkam kasb, moliyaviy mustaqillik va samarali bo‘sh vaqtni ta’minlashdir.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb