Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasida Xorazm faxri

13-iyun 2025-yil
image

Faxr bilan aytamizki, Urganch shahar 20-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Mubina Rustamova qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni egallab, Xorazm viloyati sha’nini munosib himoya qildi!

 

 Bugun Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 14 nafar qiz bola va 13 nafar o‘g‘il bola kuch sinashdi.

Faxr bilan aytamizki, Urganch shahar 20-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Mubina Rustamova qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni egallab, Xorazm viloyati sha’nini munosib himoya qildi!

 G‘olib ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov tomonidan tabriklandi hamda faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Ma’lumot uchun: Musobaqa g‘oliblari Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabiga 1-sinfiga imtihonlarsiz qabul qilinadi.

 Mubina Rustamovani chin qalbdan tabriklaymiz! Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, kichik chempion!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb