Yangiliklar
Yozgi sog‘lomlashtirish va bolalar xavfsizligi – dolzarb mavzu
11-iyun 2025-yil
Seminarga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bosh metodisti S.Qo‘chqarova rahbarlik qildi. Unda viloyatdagi barcha davlat MTTlari, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘chalar va oilaviy MTT rahbarlari ishtirok etdilar.
Shovot tumanidagi 35-son Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish” hamda “Favqulodda 90 kunlik” ish rejimini amalga oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bosh metodisti S.Qo‘chqarova rahbarlik qildi. Unda viloyatdagi barcha davlat MTTlari, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘chalar va oilaviy MTT rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida ishtirokchilarga:
Bolalar sog‘ligini asrash
Yozgi davr xavfsizlik choralari
Amaliy ko‘rsatmalar va metodik tavsiyalar taqdim etildi.