Yangiliklar
“Ta’limda hamkorlik tadqiqoti” doirasida test sinovlari o‘tkazildi
5-iyun 2025-yil
Jarayon davomida adolat va shaffoflik tamoyillariga to‘liq amal qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z. Mahkamova tomonidan tasdiqlangan “Paraolimpiadachilar matonat maktabi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar rejasi”ga (06-30/1-1417-son, 15.02.2025-yil) asosan, “Ta’limda hamkorlik tadqiqoti” loyihasining 4-bandini amalga oshirish yuzasidan Xiva shahri va tumani, shuningdek, Tuproqqal’a tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfida tahsil olayotgan o‘quvchilardan test sinovlari o‘tkazildi.
Sinovlar Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Jarayon davomida adolat va shaffoflik tamoyillariga to‘liq amal qilindi.