Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Yangibozor tumanida “Kelajak egalari” nomli viloyat iqtidorli bolalar oromgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

4-iyun 2025-yil
image

Oromgoh bir navbatda 70 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega. Jami 4 navbatda 280 nafar iqtidorli o‘quvchi ushbu yashil va so‘lim maskanda maroqli hordiq chiqarishi ko‘zda tutilgan.

Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu oromgohda yozgi ta’til davrida bolalarning sog‘lomlashuvi, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“Besh tashabbus” doirasida turli to‘garaklar — san’at, sport, kompyuter texnologiyalari, kitobxonlik va qo‘l mehnati bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Bolalar uchun har kuni rang-barang madaniy-hunarmandchilik tadbirlari, sport musobaqalari va ijodiy kechalar o‘tkazib kelinmoqda.

Oromgoh bir navbatda 70 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega. Jami 4 navbatda 280 nafar iqtidorli o‘quvchi ushbu yashil va so‘lim maskanda maroqli hordiq chiqarishi ko‘zda tutilgan.

Bolalarning har tomonlama o‘sishi, do‘stlar orttirishi va yozni mazmunli o‘tkazishi uchun oromgohda mehnat qilayotgan murabbiylar va pedagoglar jamoasi tomonidan samarali dastur joriy etilgan.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb