Yangiliklar
YANGIBOZOR TUMANIDA “DOLZARB 90 KUNLIK” DASTURI DOIRASIDA TUMAN SEMINARI O‘TKAZILDI
3-iyun 2025-yil
#Dolzarb_90_kun
Bugun Yangibozor tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida tuman seminari tashkil etildi.
Seminar maqsadi — o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini samarali va foydali o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga, sportga va ijodiy faoliyatga keng jalb qilishdan iborat.
Tadbir davomida:
— Maktablarda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, sport va ijodiy mashg‘ulotlar namoyish etildi;
— Pedagoglar o‘rtasida tajriba almashinuvi va uslubiy tavsiyalar muhokama qilindi;
— O‘quvchilarning qiziqishlari, iste’dodlarini aniqlashga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Seminar doirasidagi sport bellashuvlari, kitobxonlik daqiqalari, badiiy chiqishlar va musiqiy dasturlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.