Yangiliklar
Viloyatimizda yozgi sog‘lomlashtirish va xavfsizlikka bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi
3-iyun 2025-yil
Tadbirlar bolalar uchun xavfsiz va samarali yozgi muhit yaratishga xizmat qiladi!
Yozgi mavsumda tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi va xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, “Favqulodda 90 kunlik” ish rejimini samarali tashkil etish maqsadida viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Seminarlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlariga amaliy ko‘rsatmalar, xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar va yozgi sog‘lomlashtirish ishlari yuzasidan uslubiy yordam berildi.
Tadbirlar bolalar uchun xavfsiz va samarali yozgi muhit yaratishga xizmat qiladi!