Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Yoz - oʻtmoqda soz!"

3-iyun 2025-yil
image

Yoz — bu faqat dam olish emas, balki bolalarning sogʻligʻi, tarbiyasi va ijtimoiy faolligini mustahkamlash uchun ayni fursatdir.

 

Yurtimizda yoz mavsumining har bir kuni farzandlarimiz uchun maroqli, mazmunli va eng asosiysi, xavfsiz va sogʻlom tarzda tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yozgi oromgohlar oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, bu maskanlar nafaqat dam olish, balki har tomonlama rivojlanish, iqtidor va salohiyatni yuzaga chiqarish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda muhim rol oʻynamoqda.

Oromgohlarda bolalarning jismoniy faolligi, madaniy hordiq chiqarishlari, sport va ijodiy mashgʻulotlarda ishtiroklari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Psixologlar, tarbiyachilar va tibbiyot xodimlari bilan muntazam ish olib borilmoqda.

Shuningdek, oromgohlarda bolalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlar va ekologik tarbiya asoslarini mustahkamlashga qaratilgan mashgʻulotlar ham muntazam oʻtkazilmoqda.

Yoz — bu faqat dam olish emas, balki bolalarning sogʻligʻi, tarbiyasi va ijtimoiy faolligini mustahkamlash uchun ayni fursatdir.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb