Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMLIK USTOZ – JANUBIY KOREYADA TAJRIBA ORTIRDI

2-iyun 2025-yil
image

Bu kabi dasturlar – zamonaviy o‘qituvchini shakllantirish, o‘quvchilar salohiyatini oshirish va ta’limda raqamli transformatsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

 

2024-yilda har bir viloyatdan yuqori natijalar bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilari orasidan saralab olingan 14 nafar ustoz va 1 nafar kordinatordan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan "KLIC Training Program" xalqaro loyihasida ishtirok etdi.

Mazkur tashabbus Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan oliy malakali ustozlarni rag‘batlantirish, raqamli ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, AI va robototexnika sohasida bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Xorazm viloyatidan  – Xonqa tumanidagi 36-sonli maktab informatika o‘qituvchisi  Kamola Kadirova  ushbu loyihada ishtirok etib, Seuldagi umumta’lim maktablari faoliyati, dars metodikalari hamda zamonaviy texnologiyalarni o‘rganib qaytdi.

Bu kabi dasturlar – zamonaviy o‘qituvchini shakllantirish, o‘quvchilar salohiyatini oshirish va ta’limda raqamli transformatsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb