Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sogʻlomlashtirish davri bo‘yicha viloyat seminari bo‘lib o‘tdi

31-may 2025-yil
image

Tadbir davomida ishtirokchilarga yozgi davrida tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirish borasida zaruriy uslubiy tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

 

Bugun, 31-may kuni Urganch shahridagi 41-son maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yozgi sogʻlomlashtirish davrini tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish hamda "Favqulodda to‘qson kunlik" ish rejimini amalga oshirish” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi.

Seminarda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining sho‘ba mudirlari, davlat maktabgacha hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlar, shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga yozgi davrida tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirish borasida zaruriy uslubiy tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb