Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“GIMNASTIKAGA ILK QADAM” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

30-may 2025-yil
image

Unda tanlovning tuman, shahar bosqichida oʻgʻil va qiz bolalar boʻyicha g‘oliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar o‘z istedodlarini namoyish etdilar.

“GIMNASTIKAGA ILK QADAM” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Gimnastika sport turini yanada ommalashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida gimnastika sport turi ommaviyligini  rivojlantirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan "Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Unda tanlovning tuman, shahar bosqichida oʻgʻil va qiz bolalar boʻyicha g‘oliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar o‘z istedodlarini namoyish etdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra qiz bolalar boʻyicha mutloq g'oliblikni Urganch shahar 20-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Mubina Rustamova  hamda oʻgʻil bolalar boʻyicha Yangibozor tuman 13-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Alibek Jumaboyev  qo‘lga kiritdi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb