Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Yangibozor tumanidagi mahallalarda mobil bog‘chalar ishga tushirildi

17-aprel 2025-yil
image

Tumandagi 16-son  o‘rta ta’lim maktabi hududida maxsus bekatlar qurildi va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan yetkazib berilgan «Aqlvoy» avtobusi – bepul mobil bog‘chalar faoliyat ko‘rsata boshladi.

Ushbu mobil bog‘chalar chekka va uzoq hududlarda istiqomat qiluvchi bolalarga maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, quyosh energiyasidan quvvatlanadigan kondisioner bilan jihozlangan, hojatxona va boshqa qulayliklarga ega. Mobil bog‘cha 48 nafar bolaga xizmat ko‘rsata oladi.

Mobil bog‘chaninig faoliyat boshlashi munosabati bilan bir guruh mahalla faollari ishtrokida kichik tadbir o‘tkazildi. Unda bolalar uchun avtobusda yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb