Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMDA "YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI -2025" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI TALABA BO‘LISHDI

15-aprel 2025-yil
image

Kecha Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 

 

Xabaringiz bor, viloyatimizda "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025 " tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Kecha Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 

Tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ishtirok qilib, tanlov g‘olib va ishtirokchilarini samimiy qutladi.

Vazir Xilola Umarovaning viloyatimizga tashrifi davomida Urganch Ranch texnologiya universiteti rabariyati  bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvi amalga oshirilgan edi. Mazkur kelishuvga ko‘ra tanlovning  viloyat bosqichi nominatsiya g‘oliblari maxsus sertifikat bilan taqdirlanib, ularga universitetning "Maktabgacha ta’lim" yo‘nalishi bo‘yicha bir yillik grant mablag‘i ajratildi va ular talabalik baxtiga muyassar bo‘ldilar.

G‘oliblarga tanloning respublika bosqichida omad tilaymiz! 

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb