Yangiliklar
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH UMUMMILLIY VAZIFA
11-aprel 2025-yil
"Korrupsiya jamiyat kushandasi"
Bugun Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa", "Korrupsiya jamiyat kushandasi" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qahramon Zaripov bugungi kunda boshqarma va tizim tashkilotlari rahbarlari tomonidan sodir qilinayotgan maishiy korrupsiya, ta'magirlik hamda mansab suiste’moli bilan bog‘liq holatlar va buni oldini olish uchun Davlatimiz Rahbarining joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida qilgan ma’ruzasi yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat sho‘basi bosh mutaxassisi Alisher Xasanovning tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan 2024-yil davomida qilingan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.