Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

 Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning hududlarda soha masʼullari hamda pedagoglar ishtirokida oʻtkazayotgan uchrashuvlari davom etmoqda

7-aprel 2025-yil
image

#Xorazm

Mazkur uchrashuvlar doirasida, vazir Hilola Umarova Xorazm viloyatida ham boʻldi hamda hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlari bilan ochiq muloqot tadbirida qatnashdi.

Tadbir avvalida davlatimiz tomonidan pedagoglar obroʻsini yanada oshirish hamda isteʼdodli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha sohaga doir qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtildi.

Tanqidiy ruhda kechgan yigʻilishda taʼlim maskanlari rahbarlarining ushbu hujjatlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda dolzarbligini toʻla anglab yetishi hamda ularni oʻz kasbiy faoliyatida toʻla qoʻllay olishi zarurligi taʼkidlandi.

 Xususan, Prezidentimizning joriy yil 25-martdagi tegishli Farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiada gʻoliblarining pul mukofotlari 5 karra oshirilganligi, oltin medal olgan olimpiada gʻolibining mukofot puli qariyb 1 mlrd soʻmga yetkazilganligi alohida qayd etildi.

Yigʻilishda pedagoglarning joriy yilgi attestatsiya sinovlaridagi ishtiroki hamda fan sertifikatlarini qoʻlga kiritishlari, maktabgacha taʼlim qamrovini yanada oshirish, taʼlim sifatini yaxshilash, yangi baholash tizimini joriy etishdagi navbatdagi masalalar tilga olib oʻtildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb