Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH YUZASIDAN BЕLGILANGAN VAZIFALARNING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

12-mart 2025-yil
image

Tadbirda korrupsiya jamiyatimizdagi eng salbiy illat ekanligi tushuntirilib, bu kabi holatlarni oldini olish bo‘yicha takliflar tinglandi.

 

Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida viloyat Prokuraturasi mas’ullari ishtirokida sohada korrupsiyaviy holatlarni oldini olish hamda ushbu salbiy illatga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Unda Viloyat prokurori o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi Xudayberdi Norqobilov, viloyat prokurori katta yordamchisi adliya maslahatchisi Sherzod Artiqov hamda boshqarma boshlig‘i Xamro Bektemirov so‘zga chiqib, Davlatimiz Rahbarining joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ishtirok etib,  yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilganligi va kelgusida qilinishi lozim bo'lgan vazifalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Tadbirda korrupsiya jamiyatimizdagi eng salbiy illat ekanligi tushuntirilib, bu kabi holatlarni oldini olish bo‘yicha takliflar tinglandi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb