Yangiliklar
Hamkorlik samarasi: O‘quvchi yoshlar issiqxona faoliyatini o‘rganishdi
6-mart 2025-yil
Urganch tumanidagi 47-son AFCHO‘IM va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik o‘z samarasini bermoqda.
Hamkorlik samarasi: O‘quvchi yoshlar issiqxona faoliyatini o‘rganishdi
Urganch tumanidagi 47-son AFCHO‘IM va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik o‘z samarasini bermoqda. Shu asosda, "Fayz Baraka" MCHJ bilan imzolangan memorandum doirasida o‘quvchilar issiqxona faoliyati bilan tanishish va amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tashrif davomida yoshlar issiqxonadagi ish jarayonlarini kuzatib, ko‘chat parvarishi, hosildorlikni oshirish va yer unumdorligini yaxshilash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Ular o‘z kelajaklarini qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lash, hatto shaxsiy kichik issiqxonalarini tashkil etish niyatida ekanliklarini mamnuniyat bilan bildirdilar.
Xorazm viloyati Prokuraturasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha yoshlarning tadbirkorlik va mehnatga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.