Yangiliklar
“Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul jarayonlari yuzasidan tadbir o‘tkazildi
6-fevral 2025-yil
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.
Bugun, 6-fevral kuni Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamkorligida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul jarayonlari yuzasidan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta prokurori Bobur Оtajonov, viloyat prokuraturasi xodimi Zohidbek Hamidov, umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha hamda ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok qildilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Akademiyaning “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul jarayonlari, akademiya faoliyati, talabalar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.
Tadbirdan so‘ng mas’ullar maktab internatining yuqori sinf o‘quvchilari bilan ham mavzu yuzasidan suhbatlashdilar.