Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Urganch tumanidagi  47-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kasbiy ta’limni o‘qitish va kelgusida rivojlantirishga doir amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

29-yanvar 2025-yil
image

Seminarda viloyatdagi  kasbiy ta’lim joriy qilingan 13 ta maktab direktorlari, psixologlari va kasbiy ta’lim ustalari ishtirok qildilar. 

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan Urganch tumanidagi  47-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kasbiy ta’limni o‘qitish va kelgusida rivojlantirishga doir amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda viloyatdagi  kasbiy ta’lim joriy qilingan 13 ta maktab direktorlari, psixologlari va kasbiy ta’lim ustalari ishtirok qildilar. 

Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan milliy matolarimiz va ulardan tikilgan kiyimlar ko’rgazmasi namoyish qilindi.  

Ishtirokchilar o’quvchilar tomonidan tayyorlangan qo’l ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Seminar o‘zaro tajriba almashuv ruhida samarali o‘tkazildi.

O‘quvchilarning kasbiy ta’lim yuzasidan egallagan bilim va ko‘nikmalari ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi. 

Maktab rahbarlari va kasbiy ta’lim ustalari bilan kelgusidagi rejalar, mavjud muammolar ularning yechimi to‘g‘risida kelishib olindi. Bunday seminarlar reja-grafik asosida tizimli davom qildiriladi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb