Yangiliklar
“Robo-Coding” olimpiadasining Xorazm viloyat hududiy bosqichi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tdi
25-yanvar 2025-yil
#Robo_Coding
#Olimpiada
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining Xorazm viloyat hududiy bosqichi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Olimpiada nizomiga muvofiq o‘quvchilar 3 ta:
“Yashil shahar yaratish”,
“Yuk ko‘tarish konstruksiyasini yaratish”
“Dasturlash” yo‘nalishlarida bellashdilar.
Yakuniy natijalari quyidagicha:
1-o'rin - Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
2-o'rin - Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi
3-o'rin - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi