Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMDA "SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASIZMI?" KO‘RIK-TANLOVI BO‘LIB O‘TMOQDA

21-yanvar 2025-yil
image

Joriy yilning 21-30-yanvar kunlari tanlovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Jamiyatda yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillariga nisbatan huquqiy immunitetini shakllantirish, qonun buzilishi holatlariga murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida  viloyatimizda “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlov 5 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi - saralash (ta’lim muassasa), ikkinchi - sektor, uchinchi - tuman (shahar), to‘rtinchi - hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri), yakuniy beshinchi - (respublika) bosqichlari yanvar-mart oylarida o‘tkaziladi.

Mazkur ko‘rik-tanlovning saralash bosqichlari umumta’lim maktablari kesimida  bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 21-30-yanvar kunlari tanlovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan 1-, 2-, 3- darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi belgilangan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb