Yangiliklar
XORAZMDA ZAMONAVIY SHAROITLARGA EGA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
20-yanvar 2025-yil
#Yangi_maktab
Viloyatimizda ko‘plab yangi ta’lim tashkilotlari zamonaviy qiyofaga keltirilib, o‘quvchilarning bilim va tarbiya olishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugun Xiva shahar Angariq mahallasida Davlatimiz Rahbarining topshirig‘iga asosan Bojxona qo‘mitasi tomonidan bunyod etilgan 330-o‘rinli yangi maktab tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farxod Boqiyev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi hamda Xiva shahar hokimligi mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, shuningdek ota-onalar qatnashdilar.
Ishtirokchilar yangi binoda o‘g‘il-qizlarning munosib ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Maktab oshxonasi, kutubxona, sinfxonalar, faollar va sport zalining zamonaviy jihozlanganligi barchani birdek quvontirdi.