Yangiliklar
Urganch shahrida "Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan amalga oshirilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi
16-yanvar 2025-yil
Urganch shahar 13-son hamda 16-son maktablarning ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarga qishki kiyim, parta va stul hamda o‘quv qurollarini topshirdilar, ularning ta’lim olish jarayoni bilan tanishdilar.
Bugun, 16-yanvar kuni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida Urganch shahrida "Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan amalga oshirilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari P.Q.Nurmetov, viloyat prokurori o‘rinbosari P.R.Norqobilovlar ishtirok qilib, kitobxonlik hamda she’riyat yo‘nalishida o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga kioblar jamlanmasi va esdalik sovg‘alarni topshirdilar.
Urganch shahar 13-son hamda 16-son maktablarning ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarga qishki kiyim, parta va stul hamda o‘quv qurollarini topshirdilar, ularning ta’lim olish jarayoni bilan tanishdilar.
Viloyat prokuraturasi tomonidan hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda.