Yangiliklar
“UMID NIHOLLARI” SPORT MUSOBAQASINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHI BO'LIB O'TMOQDA
7-yanvar 2025-yil
Ayni kunlarda maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Umid nihollari" sport musobaqasining tuman va shahar bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Ayni kunlarda maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Umid nihollari" sport musobaqasining tuman va shahar bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Ushbu musobaqada maktablarning 9-11-sinf o‘quvchilari voleybol va basketbol turlari bo‘yicha, 1-4-sinf o‘quvchilari esa mini futbol bo‘yicha o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Musobaqa yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va jamoaviylik ruhini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan. Ishtirokchilar g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va yuqori sport mahorati bilan maydonga chiqishmoqda.
Musobaqaning keyingi bosqichlariga eng yaxshi jamoalar yo‘l olishi kutilmoqda.