Yangiliklar
"Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soatlari"ni tashkil etish bo‘yicha o‘quv tadbirlari boshlandi
6-yanvar 2025-yil
Viloyatimizda ushbu jarayonga 18 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari belgilangan bo‘lib, ushbu maskanlarda 350 nafar yetakchi pedagoglar uchun o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 7-yanvar kuni Xorazm viloyatida belgilangan tayanch Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soatlari"ni tashkil etish bo‘yicha o‘quv tadbirlari boshlandi.
Viloyatimizda ushbu jarayonga 18 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari belgilangan bo‘lib, ushbu maskanlarda 350 nafar yetakchi pedagoglar uchun o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanish tizimi uzluksizligini ta’minlash, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.
Urganch shahar 41-son maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil qilingan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari T.Kalmuratov, A.Shavkatov, Xorazm viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Nurmetov, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori J.Salayevlar ishtirok qilishdi.