Yangiliklar
Xorazmda “Qorbobolar karvoni” loyihasi doirasida mingdan ortiq qorbobolar yurtdoshlarimizga yangi yil shukuhi va bayram kayfiyatini ulashishga otlandi
27-dekabr 2024-yil
#Qorbobolar_karvoni
Bugun Xorazm viloyatining ko’plab shahar va tumanlarida yangi 2025-yil kirib kelishi munosabati bilan yoshlar o’rtasida “Qorbobolar karvoni” loyihasi doirasida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o’tkazilmoqda.
“Qorbobolar karvoni” harakati Paxlovon Maxmud – O’zbekiston ovozi ko’chalari kesishgan chorraxadan boshlanib, Yoshlik – Al-Xorazmiy ko’chalari kesishgan chorrahagacha harakatlandi. Tadbir Urganch vokzali oldida bayram archasi o‘rnatilgan maydonda davom etmoqda.
Ushbu tadbir doirasida qorbobolar yurtdoshlarimizga, ayniqsa, bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashmoqda. Barcha yurtdoshlarimizni bayram tadbiriga chorlab qolamiz!|