Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazm viloyatida PISA-2025 xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

13-dekabr 2024-yil
image

Umumta’lim maktablari direktorlari, direktorning o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tabiiy, aniq, ingliz tili, boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchilari  Zoom platformasi orqali seminarni kuzatdilar.

Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosida Xorazm viloyatida PISA-2025 xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi U.Toshkenbayev, Ta’lim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Karimberdiyevl, Abdulla Avloniy nomidagi  pedagogik mahorat  milliy instituti  mutaxassisi  A.Darvishxujayev, boshqarma boshlig‘i X.Bektemirov, Pedagogik mahorat markazi direktori J.Salayev, shuningdek, tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari hamda trener va mentor  o‘qituvchilar, tayanch maktablari direktorlari ishtirok qildilar. 

Umumta’lim maktablari direktorlari, direktorning o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tabiiy, aniq, ingliz tili, boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchilari  Zoom platformasi orqali seminarni kuzatdilar.

Tadbirni viloyat  hokimi o‘rinbosari S.Salayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida  “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining  tashkil qilinishi va maktablarda o‘tkazilish ahvoli, Xalqaro tadqiqotlarga  tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb