Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Xorazmda
12-dekabr 2024-yilUchrashuv davomida “Cerebry” platformasida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faollik darajasini oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi U.Toshkenboyev hamda Ta’lim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Karimberdiyevlar Xorazm viloyatida bo‘lib, Yangibozor tumanidagi 33-son, 12-son hamda Urganch tumanidagi 38-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari va aniq fan o‘qituvchilari bilan uchrashdilar.
Tadbir davomida mas’ullar o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va kasbiy mahoratini oshirish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish haqida to‘xtaldilar.
Shuningdek, “Cerebry” platformasi orqali o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ushbu platforma yordamida o‘quvchilarda mantiqiy va tanqidiy fikrlashni kuchaytirish lozimligi yuzasidan fikr bildirdilar.
Uchrashuv davomida “Cerebry” platformasida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faollik darajasini oshirish lozimligi ta’kidlandi.