Yangiliklar
Umumta’lim maktablarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazdi
6-dekabr 2024-yilJoriy yil 5-dekabr kuni esa mazkur tadbir Urganch shahridagi 10-sonli tashkil qilinib, so‘rovnomada maktab o‘quvchilari hamda o‘qituvchilar faol ishtirok qildilar.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi Xorazm viloyati bo‘limi nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda viloyatdagi umumta’lim maktablarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazdi.
Xususan, loyiha doirasida shu kungacha Urganch shahridagi 3-, 5-, 12-, 13-, 15-, 24-, 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Joriy yil 5-dekabr kuni esa mazkur tadbir Urganch shahridagi 10-sonli tashkil qilinib, so‘rovnomada maktab o‘quvchilari hamda o‘qituvchilar faol ishtirok qildilar.
Ma’lumot uchun, mazkur loyihaning asosiy maqsadi viloyatimizda ta’lim sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik hoaltlarini aniqlash va ularni bartaraf qilishda davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashishdan iboratdir.