Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Prezident qarori ijrosi yuzasidan targ'ibot jarayonlari davom etmoqda XORAZM

4-dekabr 2024-yil
image

XORAZM

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi "O‘quvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘grisida"gi PQ-393-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, hududlarda "Jasorat maktablari" tashkil etish maqsadida Xorazm viloyatiga Maktabgacha va maktab ta'limi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya mas'ullari tashrif buyurishdi.

Unda yuqoridagi vazirliklar mas'ullari, shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Bektemirov, ZOOM platformasi orqali viloyatda mavjud barcha maktablarning chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda asosan, PQ-393-sonli qarorning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi. Qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb