Yangiliklar
Fidoyi ustozlar vazir tomonidan mukofotga loyiq ko‘rildi
22-noyabr 2024-yilKecha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ustozlarga ushbu mukofotlarni topshirdi.
Xabaringiz bor, yaqinda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova viloyatimizning eng olis hududi hisoblangan Tuproqqal’a tumanida bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘ldi.
Uchrashuv chog‘ida tumanda faoliyat olib borayotgan fidoyi ustozlarning yutuqlari bilan tanishdi va ular vazir tomonidan mukofotga loyiq ko‘rildi.
Kecha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ustozlarga ushbu mukofotlarni topshirdi.
Xususan, ustozlarimiz, Tuproqqal’a tumanidagi 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shoira Jumaniyazova "Xalq ta’limi a’lochisi", matematika fani o‘qituvchisi Zamira Yoqubova "Xalq ta’limi fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ustozlarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy qutlaymiz!