Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Ishchi guruh Xorazm viloyatidagi kasb-hunar oʻqitish joriy etilgan maktablarda yaratilgan sharoitlar, kasbiy taʼlim ustalarining dars oʻtish jarayonlarini oʻrgandi.

24-oktabr 2024-yil
image

#касб_ҳунарга_ўргатиш

 

 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh aʼzolari Xorazm viloyatidagi kasb-hunar oʻqitish joriy etilgan maktablarda yaratilgan sharoitlar, kasbiy taʼlim ustalarining dars oʻtish jarayonlarini oʻrgandi.

 Xususan, ushbu turdagi maktab direktorlari, kasbiy taʼlim ustalari va metodist psixologlar ishtirokida kasbiy taʼlimni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi. Unda ishtirokchilarning kasbiy taʼlimni rivojlantirish borasidagi takliflari tinglandi, mavzuga doir savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.
 
Shuningdek, kasbiy taʼlim ustalariga metodik yordam berish, ularning kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tajribasi asosida har oyning birinchi va uchinchi dushanbasi "Kasbiy taʼlimni rivojlantirish kuni" etib belgilandi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb