Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Viloyatimizda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodist va tarbiyachilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi

7-oktabr 2024-yil
image

Tadbir avvalida ishtirokchilar mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda Xiva shahridagi 15-son hamda 8-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodist va tarbiyachilari uchun “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida 4 bosqichli qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi. 

Tadbir avvalida ishtirokchilar mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur trening mashg‘ulotlari joriy yilning 7-11-oktabr kunlar Xiva pedagogika kollejining binosida o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, tadbir davomida ishtirokchilar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dolzarb bo‘lgan erta bolalik pedagogikasi tamoyillari va asosiy jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb