Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMLIK FIZIKA FANI O‘QITUVCHISI "O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASI”NING RESPUBLIKA BOSIQICHIDA FAXRLI 1-O‘RINNI EGALLADI

9-yanvar 2023-yil
image

Olimpiadaning respublika bosqichida Hazorasp tumanidagi 8-son umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Yaxshimurod Qurbonov faol qatnashdi va fizika fani bo‘yicha respublika faxrli 1-o‘rinni egallab, g‘olib deb topildi.

Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘qituvchilar olimpiadasi»ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning respublika bosqichida Hazorasp tumanidagi 8-son umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Yaxshimurod Qurbonov faol qatnashdi va fizika fani bo‘yicha respublika faxrli 1-o‘rinni egallab, g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilgi «O‘qituvchilar olimpiadasi» musobaqalari uch bosqichda o‘tkazildi. Uning dastlabki bosqichida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan jami 30 ming nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi. So‘ngi, respublika bosqichida har bir fandan 3 nafardan, jami 168 o‘qituvchi ishtirok etdi.

«O‘qituvchilar olimpiadasi»ning  turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ushbu muvaffaqiyat bilan viloyatdagi barcha soha xodimlarini, 8-son umumta’lim maktabi jamosini hamda g‘olib Yaxshimurod Qurbonovni tabriklaymiz.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb