Yangiliklar
Bolalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
13-sentabr 2024-yilTadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q.Zaripov, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Xudayberganov, mazkur boshqarmalarning mas’ul xodimlari hamda ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok qildilar.
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi binosida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ullari hamkorligida viloyatimiz hududida bolalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q.Zaripov, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Xudayberganov, mazkur boshqarmalarning mas’ul xodimlari hamda ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok qildilar.
Tadbir davomida 2024-yilning 8 oyi davomida viloyat hududida bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining ahvoli tahlili, avtomobil yo‘llari yoqasida joylashgan o‘quv muassasalari oldidagi piyodalar o‘tish joylarida o‘quvchi yoshlarni maktabga kelish va ketish vaqtlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun “Harbiy chaqiruvga tayyorlash” fani o‘qituvchilari, “Yoshlar ittifoqi yetakchilari” va “Yosh targ‘ibotchi klublari” a’zolarini jalb etish va kundalik navbatchilikni tashkil etish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olish kabi masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mas’ullardan javob oldilar.