Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

BOSHQARMA BOSHLIG'INING SAYYОR QABULI SHOVOT TUMANIDA BO'LIB O'TDI

10-sentabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Shovot tumanidagi 1-son maktabda bo'lib o'tdi.

 

Fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari tashkil etilmoqda. 

Bugun, 11-sentabr kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Shovot tumanidagi 1-son maktabda bo'lib o'tdi.

Jonli va ochiq muloqot shaklida o'tgan sayyor qabulda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari hamda fuqarolarning maktablarda ta’mirlash ishlariga bo‘lgan talab, 1-sinfga qabul, ta’lim muassasalariga ishga joylashish va boshqa yo‘nalishlardagi yigirmadan ortiq murojaat va takliflari qabul qilindi.

Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi va ayrim murojaatlarni hal etish uchun aniq muddat va zarur choralar belgilab olindi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb