Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

ZAMONAVIY MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

6-sentabr 2024-yil
image

23-maktabning 270 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi va mavjud binoning qayta ta’mirlanishi natijasida 490 o‘ringa ega bo‘ldi.

 

Xiva tumanining Atajon to‘ra mahallasida qurib bitkazilgan maktabning foydalanishga topshirilishi haqiqiy bayram tadbiriga aylanib ketdi. Sababi, 23-maktabning 270 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi va mavjud binoning qayta ta’mirlanishi natijasida 490 o‘ringa ega bo‘ldi.

Maktab yangi binosining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda tuman hokimi S.Palvanov, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov, tuman sektor rahbarlari, ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi. 

O‘quvchilarning zamonaviy sharoitda puxta ta’lim olishlariga xizmat qiluvchi ushbu bino o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan mahallaga ham ko‘rk bag‘ishlamoqda.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb