Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZM VILOYATIDA BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARIGA PLANSHET TARQATILMOQDA

5-sentabr 2024-yil
image

Bugun  “Ta’minot va logistika xizmati” Xorazm viloyati filiali tomonidan Xonqa va Qo‘shko‘pir tumanidagi umumta’lim maktablariga 27 199 ta ta’lim planshetlari yetkazib berildi.

 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi  qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’lim planshetlari bilan ta’minlash belgilangan edi.

Bugun  “Ta’minot va logistika xizmati” Xorazm viloyati filiali tomonidan Xonqa va Qo‘shko‘pir tumanidagi umumta’lim maktablariga 27 199 ta ta’lim planshetlari yetkazib berildi.

Ma’lumot uchun, kelgusida mazkur tajribani respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb