Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZM VILOYATIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

4-sentabr 2024-yil
image

Bugun viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida  birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi.

 

Bugun viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida  birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi. 36 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yib, 1-sinfga qabul qilindi. 

Gurlan tumanidagi  5-sonli   umumta’lim maktabida o‘tkazilgan  tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov  ishtirok etdi. Ushbu maktab joriy yilda 9 mlrd 400 mln so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlandi va o‘quvchilarning puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.  

Viloyat hokimi maktab jamoasini yangi o‘quv binosi, o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlab, kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi.

Shuningdek,  viloyat hokimi Urganch shahridagi joriy yilda  mukammal ta’mirlangan 13-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni bilan tanishdi, 1-sinf o‘quvchilariga  chiroyli portfel va o‘quv qurollari to‘plamidan iborat "Prezident sovg‘asi"ni  topshirdi.
 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb