Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORIJLIK MUTAXASSISLAR VILOYATIMIZGA YETIB KELDI 

29-avgust 2024-yil
image

“Zoʻr” (“Klass”) loyihasi doirasida 5 nafar rossiyalik rus tili va kimyo fani oʻqituvchilari, shuningdek, xorijlik ingliz tili  mutaxassislardan 3 nafari kutib olindi. 

 

2024-yil 29-avgust kuni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalariga 2024-2025-oʻquv yilida mahalliy budjet mablagʻlari va homiylar hisobidan “Zoʻr” (“Klass”) loyihasi doirasida 5 nafar rossiyalik rus tili va kimyo fani oʻqituvchilari, shuningdek, xorijlik ingliz tili  mutaxassislardan 3 nafari kutib olindi. 

Ma’lumot uchun, rossiyaliklar Urganch shahridagi 3-sonli, Gurlan tumanidagi 3-sonli, Xiva tumanidagi 14-sonli, Shovot tumanidagi 44-sonli, Yangiariq tumanidagi 17-sonli maktablarda, xorijlik ingliz tili oʻqituvchilari esa Urganch shahar 5-son, 28-son, Gurlan tumanidagi 4-sonli maktablarda oʻquv yili davomida faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb