Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Media tur o‘tkazildi. 

29-avgust 2024-yil
image

"Oilaviy va DXSh asosidagi MTTlarda ta’lim sifatiga e’tibor" mavzusida media tur o‘tkazildi. 

2024-yil 27-avgust kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida Yangibozor tumanidagi "Oilaviy va DXSh asosidagi MTTlarda ta’lim sifatiga e’tibor" mavzusida media tur o‘tkazildi. 

Tadbir davomida Yangibozor tumani “Xalqabod” MFYda joylashgan "Sevinchoy Shirintoy" davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda "Do'stlik" mahallasida joylashgan YTT Urazbayeva Tamara Turayevnaga  qarashli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti  faoliyati yaqindan kuzatildi. 

Xususan, mazkur muassasalarda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim va tarbiya jarayoni, ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda amalga oshirilayotgan ishlar hamda sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish holatlari bilan tanishildi.

Press tur davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb