Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MENTAL ARIFMETIKADAN OLIMPIADA G‘OLIBLARI KUTIB OLINDI

7-yanvar 2023-yil
image

Mazkur  olimpiadada Urganch shahridagi umumta’lim maktablaridan 4 nafar, Yangiariq tumani umumta’lim maktablaridan 9 nafar o‘quvchi ishtirok qilib 7 nafari 1-o‘rinni, 5 nafari 2-o‘rinni, 1 nafari 3-o‘rinni egalladilar.

Joriy yilning 4-yanvar kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida  yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida 7-13 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida Mental arifmetika bo‘yicha  olimpiada bo‘lib o‘tdi

Mazkur  olimpiadada Urganch shahridagi umumta’lim maktablaridan 4 nafar, Yangiariq tumani umumta’lim maktablaridan 9 nafar o‘quvchi ishtirok qilib 7 nafari 1-o‘rinni, 5 nafari 2-o‘rinni, 1 nafari 3-o‘rinni egalladilar.

 1-o‘rinni egallagan 7 nafar o‘quvchi Xalqaro miqyosda Antaliyada  bo‘lib o‘tadigan tanlovda qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

O‘quvchilarimiz kecha va bugun viloyatga qaytib keldilar.

Bugun ularni Urganch shahar Temir yo‘l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov, Yangiariq tuman ijtimoiy masalalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari I.O‘runov, Yangiariq tuman XTB mudiri o‘rinbosari J.Matnazarov va o‘quvchilarning ustozlari, ota-onalari kutib olishdi.

Boshqarma boshlig‘i X.Bektemirov o‘quvchilar , ota-onalar va ularning ustozlarini g‘oliblik bilan tabriklar ekan, aql-idrokni rivojlantirish borasidagi bu kabi dasturlar intellektual bilimi yuksak avlodni tarbiyalashga xizmat qilishini ta’kidladi

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb