Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZM VILOYATIDAGI MAKTABLARGA "PREZIDENT SOVG'ASI" YETKAZILMOQDA

13-avgust 2024-yil
image

Xorazm viloyatida yangi – 2024/2025 o‘quv yilida 557 ta umumta’lim maktabiga  37 625  nafar bola 1-sinfga ilk bor qadam qo‘yishi kutilmoqda.

 

Mamlakatimizda maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yadigan jajji o‘quvchilar uchun bu unutilmas damlar sifatida muhrlanib qoladi. Boisi, ular davlatimiz rahbaridan sovg‘alarni qabul qilgan holda ilm saboqlarini boshlashadi.

Xorazm viloyatida yangi – 2024/2025 o‘quv yilida 557 ta umumta’lim maktabiga  37 625  nafar bola 1-sinfga ilk bor qadam qo‘yishi kutilmoqda.

“Ta’minot va logistika xizmati” Xorazm viloyati filiali  tomonidan 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” hududlardagi o‘quvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga to‘liq yetkazilmoqda. Uning tarkibiga portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli qalam, oddiy qalam, plastilin, yelim, o‘chirg‘ich kiradi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb