Yangiliklar
XORAZMDA “PREZIDENT ARCHASI” TADBIRI YUKSAK KO‘TARINKILIK BILAN O‘TKAZILDI
29-dekabr 2022-yil371 nafar o‘g‘il-qizlarga "Prezident sovg‘asi" topshirildi
Xorazm viloyatida yuksak ko‘tarinkilik va zo‘r tayyorgarlik bilan tashkil etilgan “Prezident archasi” bayram tantanasi bolajonlar uchun unutilmas onlarni tuhfa etdi.
Viloyat markazi – Urganch shahridagi Ogahiy nomidagi viloyat musiqali va drama teatrida barcha shahar va tumanlaridan tantanaga taklif etilgan bolajonlarni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo'rabek Raximov Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, ularga ezgu tilaklar bildirdi.
“Prezident archasi” tantanalariga taklif qilingan mahallalardagi 3-15 yoshdagi chin yetim bolalar, oilaviy bolalar uylari, SOS bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari, ona Vatanimiz sarhadlarini mardonavor himoya qilish, tinchlik va osoyishtaligimizni ta’minlash, yurtga sadoqat bilan xizmat qilish chog‘ida jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan o‘g‘lonlarning farzandlaridan iborat 371 nafar o‘g‘il-qizlarga "Prezident sovg‘asi" topshirildi.
Musiqali va drama teatri sahnasidagi betakror tomoshalar, “Yangi yil ertagi” nomli teatrlashtirilgan bayram dasturi o‘quvchi-yoshlarni zavqli sarguzashtlarga oshno etdi.
Quvnoq she’r-qo‘shiqlar, jozibali raqslar va jo‘shqin lahzalar bilan o‘tgan teatr tomoshasi orqali bolajonlar Yangi yil zavqini tuydilar.