Yangiliklar
“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga qoʻshiling!
30-iyul 2024-yilXorazm viloyatida 31-iyul, chorshanba kuni viloyat IIBB YHXB bilan hamkorlikda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
Xorazm viloyatida 31-iyul, chorshanba kuni viloyat IIBB YHXB bilan hamkorlikda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
31-iyul kuni viloyatimizdagi barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmaslikka, ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz. Zero atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.