Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Al-Xorazmiy avlodlari" olimpiadasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

29-iyul 2024-yil
image

#natija


 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida o‘tkazilgan "Al-Xorazmiy avlodlari" onlayn olimpiadasining viloyat bosqichi yakunlandi. 

Uch bosqichda bo‘lib o‘tgan ushbu olimpiadaning dastlabki bosqichida 3004 nafar ishtirokchilar qatnashib, shundan 367 nafar nafar o‘quvchi ikkinchi bosqichida ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 36 nafari keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. 

Joriy yil 26-iyul bo‘lib o‘tgan yakuniy bosqich natijalariga ko‘ra, 
1-o‘rin Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Jamshidbek Atajanov, 
2-o‘rin Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o‘quvchisi Shohjahon O'ktamov, 
3-o‘rin Urganch shahridagi 21-IDUMning 10-sinf o‘quvchisi Shohjahon O'ktamovga nasib etdi.  

Gʻoliblar olimpiada tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlanadilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb