Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

BOLALAR OROMGOHIGA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

23-iyul 2024-yil
image

Press-turda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok qildilar. 

Bugun 23-iyul kuni Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida Yangibozor tumani Bo‘zqal’a qishlog‘ida tashkil qilingan viloyat iqtidorli bolalar oromgohiga press-tur tashkil etildi.

Press-turda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok qildilar. 

Ushbu oromgoh  4 navbatda 70 nafar dam oluvchilarni qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kungacha 280 nafar o‘quvchilarni qamrab oldi. 

Tadbir davomida ishtirokchilar oromgohdagi shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib, dam oluvchi yoshlar bilan suhbatlashdilar. 

Yoshlar uchun oromgohda 5 tashabbus doirasida tashkil qilingan turli to'garaklar, jumladan kitobxonlik,  IT va robototexnika, zakovat intellektual o'yini,  sportning stol tennis, shaxmat,  shashka, badminton, mini futbol, musiqa to‘garagidan karaoke, milliy va zamonaviy cholg'u asboblarini chalish va kuylash, raqs, tasviriy san'at kabi to'garaklar faoliyat olib bormoqda. 

Mazkur to'garaklar yoshlarning mazmunli dam olishi uchun hissa qo'shmoqda.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb