Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazmda  “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi

8-iyul 2024-yil
image

Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 71 nafar metodist-tarbiyachi va tarbiyachilar ishtirok etishmoqda. 

 

 Bugun, 8-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarini aniqlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining Xorazm viloyat bosqichiga start berildi. 

Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 71 nafar metodist-tarbiyachi va tarbiyachilar ishtirok etishmoqda. 

12-iyul kuniga qadar davom etadigan tanlov jarayonida ishtirokchilar 3 ta shart asosida o‘zaro bellashadilar.  

Bugun ishtirokchilar dastlabki shart – test sinovlarini topshiryaptilar. Natijalarga ko‘ra, 26 va undan yuqori bal to‘plagan ishtirokchilar keyingi bosqichga ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb