Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

II-GURUH FANLARIDAN RЕSPUBLIKA FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

28-dekabr 2022-yil
image

Olimpiadada faxrli 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan 78 nafar 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Xabaringiz bor, joriy yil 29-30-noyabr, 1-dekabr kunlari ikkinchi guruh (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o‘zbek tili, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, geografiya,tarix) fanlaridan asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Olimpiadada Xorazm viloyati bo‘yicha jami 1064 nafar o‘quvchilar ishtirok qildi.

Kecha, viloyat xalq ta’limi boshqarmasida olimpiadada faxrli 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan 78 nafar 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qahramon Zaripov g‘olib o‘quvchilarni samimiy qutlab, hamisha omad yor bo‘lishini tiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur bosqichda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar

1-o'rin uchun 1,8 mln so'm;
2-o'rin uchun 1,2 mln so'm;
3-o'rin uchun 0,9 mln so'm pul mukofotiga ega bo‘ldilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb